Опубликовано: 29.07.2022
"Eurasian Foods Corporation" AJ mahsulot xavfsizligini boshqarish tizimi FSSC 22000 xalqaro standarti talablariga muvofiq sertifikatlangan.
"Eurasian Foods Corporation" AJning yuqori sifatli yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ko‘p yillik tajribasi Kompaniyaning barcha jarayonlarini doimiy rivojlantirish va takomillashtirishning natijasidir.
Iste’molchilar oldidagi mas’uliyatni his etgan holda, Xoldingning strategik maqsadi ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotlarning oziq-ovqat xavfsizligini uzluksiz oshirishdan iborat.
Kompaniya doimiy ravishda quyidagi jarayonlar ustida ish olib bormoqda:
- • Qozog‘iston Respublikasining qonunchilik-me’yoriy talablarini o‘z ichiga olgan holda, oziq-ovqat xavfsizligining barcha talablariga rioya qilish;
- • oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha iste’molchilar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan muloqot sifatini oshirish;
- • xodimlarning oziq-ovqat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish;
- • boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish va takomillashtirish va boshqalar.
Natijada, "Eurasian Foods Corporation" AJ har yili FSSC 22000 xalqaro standarti talablariga muvofiq ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar xavfsizligini boshqarish tizimi sohasidagi sertifikatni muvaffaqiyatli tasdiqlaydi.

Boshqa yangiliklar