Bizda ajoyib yangilik bor!
"3 tilak"dan yangi mahsulotlar turkumini kutib oling - "MAXI +" mayonezi va ketchupi!
Zavod texnologlari iste’molchilarimiz uchun yangi, mazali va sifatli mahsulotlar yaratish ustida doimiy ravishda ishlamoqda. "MAXI +" turkumi noyob retsepturaga, vitaminlar bilan boyitilgan tabiiy va foydali tarkibga ega. Tarkibida allergenlar yo‘qligi tufayli, mahsulotlar butun oila a’zolari uchun mos keladi.
"MAXI +" Provansal mayonezi - tarkibida sirka va laktoza yo‘q. Mahsulot oziq-ovqat tolalari bilan boyitilgan, shuningdek, organizmimiz uchun betakror bo‘lgan Omega-3 yog‘ kislotalarining manbaidir.
"MAXI +" tomat ketchupi sitrus mevali oziq-ovqat tolalarining manbai bo‘lib, ta’mga yoqimli shirinlik beruvchi haqiqiy mango pyuresini o‘z ichiga oladi.
"Maxi +" turkumi oilaviy dasturxoningizdagi har qanday taomga mazali va foydali qo‘shimcha bo‘ladi! Endilikda mamlakat do‘konlarida mavjud!