Опубликовано: 25.03.2022
"3 tilak" va "SHEDEVR" tovar belgilari Qozog‘iston Respublikasida umume’tirof etilgan deb tan olindi
Qozog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Komissiyasining qarori bilan "3 tilak" va "SHEDEVR" tovar belgilari Qozog‘iston Respublikasida umume’tirof etilgan deb tan olindi. Bunday qaror qabul qilinishiga Xolding mahsulotlarini iste’molchilar 10 yildan ortiq vaqt davomida tanlab kelgani va e’tirof etganini tasdiqlovchi batafsil materiallar asos bo‘ldi. Xususan:
- • "EURASIAN FOODS CORPORATION" AJ mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishning barqaror o‘sib borishi,
- • O‘zining distributsiya tarmog‘i tufayli hududni yuqori darajada qamrab olganligi,
- • Ko‘p marotaba davlat mukofotlari va boshqa mukofotlarga sazovor bo‘lganligi,
- • Qozog‘iston Respublikasi hududida "3 tilak" va "SHEDEVR" savdo belgilari mahsulotlarini bilish va iste’mol qilish bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar mustaqil tadqiqot kompaniyalari ma’lumotlari bilan tasdiqlangan.
Savdo belgilarining rasman umume’tirof etilishi - iste’molchilarning bizning mahsulotimizni tanlashi va sevishini tasdiqlovchi muhim omillardan biridir. Shuningdek, bu "EURASIAN FOODS CORPORATION" AJ faxrlanadigan brendni mustahkamlash va bozorda vijdonsiz ishlab chiqaruvchilarning paydo bo‘lishining oldini olish uchun yana bir qadamdir!
Boshqa yangiliklar