17-noyabr kuni Ostonada Qozog‘iston Respublikasidagi "Eng yaxshi soliq to‘lovchi" tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. "Eurasian Foods Corporation" xoldingi tarkibiga kiruvchi "Eurasian Foods" aksiyadorlik jamiyati "Monitoringdagi yirik soliq to‘lovchi" nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi.
Taqdirlash marosimida mamlakatning barcha hududlaridan soliq to‘lovchilar, savdo, sanoat, qurilish, yirik, o‘rta va kichik biznes kabi turli faoliyat sohalarining vakillari ishtirok etdi.
Biznes hamjamiyatini Qozog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat daromadlari qo‘mitasi raisi Jandos Duysembiyev tabrikladi. "Soliq va bojxona tushumlari davlatning poydevori hisoblanadi, ular eng muhim ijtimoiy dasturlar, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasidagi infratuzilma loyihalarini amalga oshirishni ta’minlaydi. Hurmatli soliq to‘lovchilar, sizning hissangiz nihoyatda qadrli," - dedi Jandos Duysembiyev o‘z nutqida.
"Eurasian Foods" AJ g‘alabasi kompaniyaning yuqori moliyaviy intizom, shaffof va savodli biznes yuritish hamda qonunchilik me’yorlariga rioya qilish tamoyillariga sodiqligini tasdiqladi.